O‘zbekiston 35 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyoning yuragi hisoblanadi. Bozor talabi ko'plab sohalarni, jumladan, farmatsevtikani ham rivojlantirishga yordam beradi. Talab takliflarni keltirib chiqaradi va ular har doim ham qonuniy va adolatli emas. Ushbu soha qonunbuzarlikka moyil va alohida nazoratni talab qilishini hisobga olib, hukumat bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng bo’lgan qulay va raqobat muhitini yaratishga yordam beradigan zarur qonunchilik bazasini shakllantirmoqda.
ASL BELGISI raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo'yicha tajriba loyihasining boshlanishi bu yo'lda yana bir qadam bo'ldi. Loyiha ishtirokchisi – “NIKA PHARM” farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqarish direktori – Sherzod Karabayev tizim haqida gapirib, ushbu segmentga baho berdi.
- Nika Pharm farmatsevtika kompaniyasi haqida gapirib bering?
NIKA PHARM kompaniyasining yaratilish tarixi 2006 yilga borib taqaladi. Kompaniyaning rasmiy tug'ilgan sanasi - 5 iyul va birinchi mahsulotlarning chiqarilishi 2007 yilga to'g'ri keldi.
NIKA PHARM o‘zining 15 yillik faoliyati davomida respublikamizdagi eng innovatsion, zamonaviy va texnologik dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya “noldan” retsept bo'yicha va retseptsiz dori vositalari va biologik faol qo'shimchalarni (BFQ) ishlab chiqish, ro'yxatdan o'tkazish va bozorga joriy etish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi.
2009-yil sentabr oyida NIKA PHARM O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida Germaniyaning TUV Turinger xalqaro kompaniyasidan ISO 9001:2008 standarti bo‘yicha sertifikat olgan birinchi ishlab chiqaruvchi korxona bo‘ldi. Har bir belgilangan davr oxirida biz ISO 9001: ISO 14001: ISO 45001: ISO 22000 sifat menejmenti tizimining yangi xalqaro talablariga muvofiqligini muntazam tasdiqlaymiz: (ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilotdir).
Shuni ham ta’kidlash joizki, “NIKA PHARM” kompaniyasi respublikamizda birinchilardan bo‘lib milliy GMP standarti bo‘yicha sertifikatlangan kompaniya maqomiga ega bo’ldi va shu orqali ishlab chiqarilayotgan dori vositalari sifatini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.
– Dori vositalarini markirovkalash bo‘yicha tajriba loyiha boshlangani haqidagi xabarni qanday qabul qildingiz?
Yangilikdan biz juda xursand bo’ldik, chunki taniqli ishlab chiqaruvchilar markirovkadan manfaatdor. Bizning kompaniyamiz bu yangilikni juda uzoq vaqt kutgan edi. Mamlakatimiz hududida raqamli markirovkaning joriy etilgani ma’lum bo‘lishi bilanoq kompaniya rahbariyati mamnuniyat bilan tajriba loyihasi ishtirokchisi bo‘lishga qaror qildi.
NIKA PHARM MChJ raqamli markirovkalash tizimini mamnuniyat bilan qabul qiladi. Bu, albatta, dori vositalari muomalasining barcha sub'ektlari uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadi: biznes, hukumat, dori vositalarini buyuradigan tibbiyot hamjamiyati.
Tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish tizimi biznesga mahsulotning har bir birligini kuzatish, kontragentlarbilan o‘zaro hamkorlikning shaffofligini oshirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bemorlar, boshqa tomondan, Data Matrix kodlari tufayli, ishlab chiqaruvchi tomonidan e'lon qilingan xususiyatlarga ega bo'lgan haqiqiy dori-darmonlarni qabul qilishlariga amin bo'lishlari mumkin
- O'zbekiston Farmatsevtika bozoriga qanday baho berasiz? Ishlab chiqaruvchi sifatida sizni qanday muammolar bezovta qilmoqda?
O‘zbekiston farmatsevtika bozorida keng ko‘lamli iqtisodiy o‘zgarishlar doirasida ijobiy o‘zgarishlarni alohida ta’kidlash joiz: konvertatsiyaning ochilishi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar.
O‘zbekiston farmatsevtika bozori MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Bu o'sish dinamikasi bo'yicha MDHda eng tez rivojlanayotgan bozorlardan biri (yiliga 8-10%).
Bugungi kunda O‘zbekiston farmatsevtika bozorida 9 ming xildagi dori vositalari, 1 ming 684 tur tibbiy buyumlar va 1 ming 529 xildagi tibbiy asbob-uskunalar sotilmoqda.
O‘zbekiston katta imkoniyatlarga ega davlat. Dorivor o'simliklarni ishlab chiqaradi, qayta ishlaydi va ularni, shu jumladan chet elga sotadi. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida 202 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
- Majburiy markirovkalash tizimini joriy etishdan nimalarni kutasiz?
Kompaniyamiz O‘zbekiston farmatsevtika bozorida markirovkalash tizimi yordamida erishish mumkin bo‘lgan katta imkoniyatlar va istiqbollarni ko‘rmoqda. Dori vositalarini markirovkalash quyidagi vazifalarni hal qilishga yordam beradi:
-
kompaniyamiz brendi, tovar belgisi, foydasi va ishbilarmonlik obro'sini qalbakilashtirishdan himoya qilish;
-
ombor hisobi tizimlaridan foydalanish hisobiga ishlarni optimallashtirish;
-
jarayonlarni avtomatlashtirish, shu jumladan savdoni avtomatlashtirish, biznes ko'rsatkichlarini tahlil qilish, chegirma dasturlarini yaratish;
-
muntazam vazifalarni qisqartirish;
-
aholida mahsulot sifatiga ishonchni oshirish va sotish hajmini oshirish;
-
tovarlar harakatining barcha sohalarda kuzatilishi marketing uchun ko'proq imkoniyatlarni beradi;
-
logistika samaradorligini oshirish;
-
xodimlar tomonidan yuzaga keladigan xatolarni minimallashtirish
- Tajribada ishtirokingiz va nimaga erishganingiz haqida gapirib bersangiz?
Ayni paytda NIKA PHARM MChJ raqamli markirovkalash bo'yicha tajriba loyihada ishtirok etmoqda. Noyabr oyi boshida AR-30 agregatlash stansiyasi o‘rnatildi, AMK 101.1 seriyali stansiyasi ham o‘rnatildi va dori vositalarining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Bir qancha dori vositalari Milliy katalog tizimida ham ro‘yxatdan o‘tkazildi.
- Sizningcha, tizim bozorni tozalashga yordam beradimi va buning uchun ishlab chiqaruvchilar nima qilishi kerak?
Shubhasiz, raqamli markirovka tizimi mamlakat farmatsevtika bozorini tozalashga qodir, chunki ishlab chiqaruvchilarning brendi, tovar belgisi va ishbilarmonlik obro'sini qalbakilashtirishdan himoya qilish ustuvor vazifalardan biridir. Bundan tashqari, xorijiy tadbirkorlarning farmatsevtika bozoridagi tajribasidan, xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSh, Argentina, Belarus, Rossiyada ushbu tizimning ishga tushirilishidan kelib chiqib, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, dori vositalarini markirovkalash tizimi yuqori samaradorligi allaqachon o‘z isbotini topgan.
ASL BELGISI tizimni milliy miqyosda joriy qilishda, masalan, bozor ishtirokchilarining turli qarashlari va manfaatlari bilan bog'liq qiyinchiliklar paydo bo'lishi mumkin, ammo oxir-oqibat, davlat darajasida markirovkalashni tashkil etish, ajralmas tizimni yaratishga imkon beradi. Bozorning barcha vijdonli ishtirokchilari uchun foydali bo'lgan yaxshi ishlaydigan tizim. Shu bilan birga, bunday tizimlarni yaratish va ularning ishlashini ta'minlash, shubhasiz, davlat tomonidan ham, bozor ishtirokchilaridan ham katta sarmoya va e'tiborni talab qiladi.
Ishlab chiqaruvchilar, o‘z navbatida, imkon qadar hushyor bo‘lishlari va kompaniya brendi soxta mahsulotlarning bozorga chiqishiga yo‘l qo‘ymasliklari, bozordagi tovarlari aylanmasini nazorat qilishlari va agar soxta mahsulot aniqlansa, manbaa ildizini darhol yo‘q qilishlari kerak.
Bundan tashqari, ASL BELGISI mobil ilovasining (Android, Apple) mavjudligi iste’molchilarimiz huquqini va salomatligini ximoya qilishda ko’mak beradi va jamoat nazoratini ta’minlaydi. Demak har bir fuqaro bu mobil ilovani o’rnatib, bozorni kontafakt dori vositalaridan tozalashga xissa qo’sha oladi.
- Tizimga tilaklar...
O‘ylaymizki, markirovkalash tizimining joriy etilishi korxona uchun ham, O‘zbekiston aholisi uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Tizim bozorda faqat yuqori sifatli mahsulotni sotishni ta'minlab, shu orqali mijozlarga faqat mamlakatdagi ishonchli ishlab chiqaruvchilarning yuqori samarali dori vositalarini taqdim etishi mumkin. Tizim eng qisqa vaqt ichida keng miqyosda toʻliq ishga tushirilishiga ishonamiz va umid qilamiz.
Javoblar uchun rahmat
Изоҳлар мавжуд емас